Farg‘onada 13 nafar maktabgacha yoshdagi bola zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi
Bolalar 7-sonli bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari bo‘lib chiqdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi tekshiruv boshladi.

Farg‘ona viloyatida 13 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda viloyat MMTB matbuot xizmati.
Voqea 22-avgust kuni Oltiariq tumani Qiziltepa qishlog‘idagi 7-sonli bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan. Bir vaqtning o‘zida 13 nafar bola ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bilan tekshiruv boshladi. Natijalar haqida keyinroq xabar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyatida bog‘cha mudirasi yodlanmagan she’r uchun bolaga tan jarohati yetkazgandi. Bu ish bilan huquqni muhofaza qilish organlari shug‘ullanmoqda. Jabrlanuvchining yaqinlari Xiva tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Holat tuman bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Izohlar