Farg‘ona viloyatida tuman MIB boshlig‘i ikki ming dollar evaziga ishni yopishga va’da berdi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkakni pul olayotgan vaqtda qo‘lga olgan.

Farg‘ona viloyatida sud ish yurituvidagi ishni tugatish uchun 2 ming dollar talab qilgan tuman MIB boshlig‘iga hukm o‘qildi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak tuman MIBlaridan birining boshlig‘i lavozimida ishlab, 2 ming dollar evaziga o‘ziga bo‘ysunuvchi ijrochining ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik sudining ijro varaqasi asosida javobgarlarni uydan ko‘chirish bo‘yicha ishni yopib berishni va’da qilgan.
Huquqbuzar 3 iyun kuni kelishilgan puldan 1,2 ming so‘mini oldindan pora tariqasida olgan. Tartib posbonlari erkakni qolgan 800 dollarni o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, gumonlanuvchini qamoqqa olgan.
Avvalroq Toshkent viloyatida MIB, soliq va bojxona xodimlari pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari erkaklarni pul olayotgan paytda qo‘lga olishgan.
Izohlar