Hodisa

Eron o‘z havo hududini yopdi

Ayrim aviareyslar Toshkentga uchishga majbur bo‘ldi.

Eron o‘z havo hududini yopdi

13-iyun kuni Eron havo hududi yopilishi munosabati bilan bir nechta reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga majburiy ravishda kuzatildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Jidda yo‘nalishi bo‘yicha HY5343 reysi soat 06:18 da qo‘ndi (bortda yo‘lovchilar bo‘lmagan);
  • Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ1942 reysi mahalliy vaqt bilan soat 06:37 da qo‘ndi (yo‘lovchilar aeroport terminalida vaqtincha joylashtirilgan);
  • Air Cairo aviakompaniyasining Olmaota – Sharm-al-Shayx yo‘nalishi bo‘yicha SM882 reysi (07:46) va Qatar Airways aviakompaniyasining Seul – Doha yo‘nalishi bo‘yicha QR8985 reysi (07:57) Toshkent aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.

Parvozlar holati haqida batafsil ma’lumotni aviatashuvchilardan so‘rash kerak.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston elchixonalari zudlik bilan Isroil va Erondagi vatandoshlarga murojaat qilgandi. Bunga raketa hujumlari xavfi sabab bo‘lgan. 13 iyunga o‘tar kechasi Isroil «Rising Lion» deb nomlangan operatsiya doirasida Erondagi harbiy va yadroviy obektlarga bir qator havo hujumlarini amalga oshirdi.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid