Hodisa

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi elektr uzilishlarini Qozog‘istondagi avariya bilan izohladi

Qo‘shni davlatda 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘iga zarar yetkazgan dovul kuzatildi.

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi elektr uzilishlarini Qozog‘istondagi avariya bilan izohladi

19-iyun kuni Qozog‘istonda noqulay ob-havo sharoiti tufayli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda uzildi, bu O‘zbekistonga ham ta’sir ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.

Hodisa Qozog‘istondagi “Ekibastuz” energouzelida sodir bo‘ldi, noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chib qoldi. Favqulodda uzilish natijasida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning birlashgan energiya tizimida chastota pasayishi kuzatildi.

“Favqulodda vaziyatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar joriy etildi. Soat 19:30 da 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, elektr ta’minoti tiklandi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun kuni Toshkentning uchta tumanida podstansiyadagi nosozlik tufayli elektr ta’minotida uzilishlar boshlangandi. Ta’mirlash brigadalari nosozliklarni bartaraf etishgan.

Izohlar

Mavzuga oid