Hodisa

DXX fuqarolarga Janubiy Koreya va Slovakiyada ishlashni va’da qilgan firibgarlarni qo‘lga oldi

Qo‘lga olinganlardan biri muqaddam shunga o‘xshash jinoyat bilan sudlangan bo‘lib chiqdi.

O‘zbekistonda fuqarolarni Janubiy Koreya va Slovakiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Namanganda xususiy bandlik agentligining norasmiy xodimi To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tanishlari orqali ularni 2000 dollar evaziga Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan. U oldindan 1000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Boshqa bir holatda esa Namanganda faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari Slovakiyada “ish bilan ta’minlash” uchun hamyurtidan 40 mln so‘m talab qilgan. Shu bilan birga, u “viza rasmiylashtirgani uchun” 600 dollar va 2,8 million so‘m olishga muvaffaq bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro muqaddam firibgarlik uchun sudlangan.

Hozirda har ikkala holat bo‘yicha huquqbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная