Hodisa

Buxoroda shifokorlar tomog‘iga tanga tiqilib qolgan bolaning hayotini saqlab qoldi

Bola yot jismni yutib yuborgan, mutaxassislar unga shoshilinch jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

Buxoroda shifokorlar tomog‘iga tanga tiqilib qolgan bolaning hayotini saqlab qoldi

Buxoro viloyatida ikki yoshli bola tomog‘iga tiqilib qolgan tangalarni yutib yuborgan. Sog‘liqni saqlash boshqarmasining matbuot xizmati xabar berishicha, shifokorlar shoshilinch operatsiya o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

Voqea Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan. 2023-yilda tug‘ilgan chaqaloq tez tibbiy yordam bo‘limiga olib kelingan. Ma’lum bo‘lishicha, ota-ona bolaga e’tibor bermagan va u tangalarni yutib yuborgan. Yot jism qizilo‘ngachning yuqori qismida tiqilib qolgan.

“Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, yuqori malakali shifokorlardan iborat navbatchi brigada shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatdi. Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida yuqori texnologiyali kaminvaziv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi va bola hayoti saqlab qolindi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, bemorning ahvoli barqaror, qoniqarli holatda shifokorlar nazoratida. Ota-onalardan yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda bir yigit ko‘plab mix va to‘g‘nog‘ichlarni yutib yuborgandi. Bemor psixiatr ro‘yxatida turgani ma’lum bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid