Hodisa

Buxoroda reyd vaqtida jabrlangan Ekologiya boshqarmasi xodimlari taqdirlandi

Noqonuniy ravishda saksovul kesgan jinoyatchilar qo‘lga olish chog‘ida faol qarshilik ko‘rsatgan va inspektorlarni jarohatlagan.

Buxoro viloyatida xizmat vazifasini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan viloyat Ekologiya boshqarmasining 7 nafar inspektori taqdirlandi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 15-iyul kuni xodimlar Peshku tumanidagi “Safron” cho‘l zonasida saksovulning noqonuniy kesilishi va sotilishiga chek qo‘yish maqsadida reyd o‘tkazgan. Reyd davomida inspektorlar qoidabuzarlarning qattiq qarshiligiga duch kelishdi.

Jinoyatchilar xodimlarga tan jarohati yetkazishdi. Keyinchalik inspektorlar tabiat muhofazasi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

“Ekologiya vazirligi mukofotlanganlarga o‘z kasbiga sadoqati, xizmat vazifasini bajarishdagi jasorati va mas’uliyati uchun minnatdorchilik bildiradi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ijro vaqtida halok bo‘lgan profilaktika inspektori vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangandi. Pichoqlangan leytenant Abdurasul Abduvaliyevning oila a’zolariga mukofot topshirilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная