Buxoroda fuqarolar noqonuniy simob sotayotgan paytda qo‘lga olindi
Erkaklar ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Buxoro viloyatida simobni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro va Buxoro tumanida yashovchi ikki kishi o‘zaro til biriktirgan. Ular uchta flakondagi 343 gr simob moddasini 35 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchilarni ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi “b, v” bandlari (Rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent yaqinida ona o‘g‘illari bilan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani aniqlangandi. Huquq-tartibot xodimlari jinoiy zanjirni fosh qildi.
Izohlar