Buxoroda choyxona yonib ketdi — video
Qutqaruvchilar yong‘inni bir soatdan ortiq vaqt davomida o‘chirishdi.

19-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in videosi tarqaldi. Viloyat FVB va FVV holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in soat 00:45 da Buxoro shahrining Mustaqillik ko‘chasidagi “Zarafshon” mahallasida joylashgan ikki qavatli choyxonaning ikkinchi qavatida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:49 da yetib borgan. Yong‘in soat 00:53 da qurshab olingan va soat 01.50 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida taxminan 100 kv.m maydonda binoning tom qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sintepon ishlab chiqaruvchi fabrikada yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqea joyiga poytaxt FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan.
Izohlar