Hodisa

Buxoroda brakonyerlar ikki yuzga yaqin baliq ovlab, tabiatga milliardlab zarar yetkazdi

Huquq-tartibot idoralari erkaklarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Buxoro viloyatida elektr qarmoq yordamida ikki yuzga yaqin baliq tutib, tabiatga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqarolar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Qora-qir» tabiiy suv havzasining birinchi konturida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari Peshku tumanida yashovchi ikki nafar fuqaroni qo‘lga olgan. Elektr qarmoq yordamida erkaklar 168 ta sazan, 10 ta laqqa va bitta tovonbaliqni tutishga muvaffaq bo‘lishdi.

Natijada huquqbuzarlar tomonidan tabiatga 3 mlrd 532 mln 500 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Tartib posbonlari mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Tergov olib borilmoqda.

Avvalroq Qoraqalpog‘istonda brakonerlar yuzta baliqni noqonuniy ovlagani haqida xabar berilgandi. Fuqarolar tutish uchun taqiqlangan vositalardan foydalangan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная