Hodisa

Buxoro viloyatida tarbiyachining e’tiborsizligi oqibatida bola tok urishidan vafot etdi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Buxoro viloyatida tarbiyachining e’tiborsizligi oqibatida bola tok urishidan vafot etdi
Фото: Ситуативное

Buxoro viloyatidagi xususiy bog‘chada ikki yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 28-mart kuni Buxoro tumanida joylashgan xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. Dastlabki tergov davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tarbiyachi bolalarni qarovsiz qoldirganini, buning oqibatida ikki yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etganini aniqladi.

2-aprel kuni tuman prokuraturasi 116-moddaning 3-qismi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, chunki tarbiyachining vazifasiga bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini, shuningdek yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kiradi.

18-iyun kuni ish ko‘rib chiqish uchun sudga oshirildi. Uning natijalari haqida keyinroq xabar beriladi.

Avvalroq Namangan viloyatida tarbiyachining e’tiborsizligi oqibatida bog‘chada bola kuyib qolgani haqida xabar berilgandi. Jabrlangan chaqaloqqa tibbiy yordam ko‘rsatilmagan, chunki u uxlab qolgan.

Izohlar

Mavzuga oid