Hodisa

Buxoro viloyatida portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida portlash sodir bo‘ldi: to‘rt kishi halok bo‘ldi

Prezident hukumat komissiyasini yig‘ib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Фото: Ситуативное

6-dekabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “SHAMS LTD” portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexida kuchli portlash sodir bo‘ldi, unda to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea soat 09:40 atrofida sodir bo‘lgan. Portlashdan keyin binoda yong‘in kelib chiqqan, qutqaruvchilar uni bir soatdan kamroq vaqt ichida bartaraf etgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda sexda 30 nafar xodim bo‘lgan. Ulardan 4 nafari voqea joyida vafot etgan, yana 4 nafari yengil tan jarohati olgan. Ikki nafar jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi. Mutasaddilarga jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, hodisa oqibatlarini bartaraf etish, portlash sabablarini aniqlash va bu kabi hodisalarning oldini olish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi. Korxona hududi nazoratga olingan, ishlar davom etmoqda.

Avvalroq Gulistondagi kafeda gaz portlashi bo‘yicha ish doirasida uch kishi qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Oliy sud portlash va yong‘in nimadan kelib chiqqanini ma’lum qildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная