Buxoro viloyatida mast holdagi pensioner kelinini pichoqlab, yetti yilga qamaldi
Jarohatlangan ayol yordam so‘rab, sudralib ko‘chaga chiqqan, biroq olgan jarohatlaridan omon qololmagan.

Buxoro viloyatida o‘z kelinini o‘ldirgan 68 yoshli pensioner 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda “NeMolchi” loyihasi sud qaroriga tayanib.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida tug‘ilgan Viktor Kuzeev spirtli ichimliklar iste’mol qilish, oila a’zolari va qo‘shnilar bilan janjal qilish odatiga ega bo‘lgan. Shunday kunlarning birida u kelini bilan janjallashib qoladi. Qizish paytida ayol kvartirani tark etdi, Kuzeev vaziyatdan foydalanib, u qaytib kela olmasligi uchun eshikni qulflab qo‘yishga qaror qildi. Birozdan so‘ng uni uyga kiritdi. Mojaro yanada keskinlashdi.
Ayol jahl bilan qaynotasini itarib yuborib, o‘qlov bilan ura boshladi. Erkak oshxona pichog‘ini olib, ayolning qorni va tanasining yuqori qismiga zarbalar bergan. Keyin kelin sudralib ko‘chaga chiqdi va o‘tkinchilardan yordam so‘radi. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan ayol shifoxonada vafot etgan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sudda Kuzeev qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, sog‘lig‘i va pensiya yoshini inobatga olgan holda adolatli qaror qabul qilinishini so‘radi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudi uni 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Izohlar