Boysunda favvora bo‘lib otilayotgan gaz oqimi mash’ali vaqtincha o‘chdi — video
Energetika vazirligi favqulodda vaziyat yuzaga kelganini, sodir bo‘layotgan voqealar nazorat ostida ekanini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Boysundagi gaz qudug‘i bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgan kondan olingan video paydo bo‘ldi. Energetika vazirligi holatga izoh berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Boysun tumanidagi “M-25” konining 202-sonli gaz qudug‘ida 2 noyabr kuni favvoralanayotgan tabiiy gaz oqimining oldindan yoqilgan mash’alasi vaqtincha o‘chishi kuzatilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisa konda sodir bo‘layotgan geologik jarayonlar natijasida yuzaga kelgan.
Shundan so‘ng, atmosferaga zararli moddalar chiqishining oldini olish maqsadida tabiiy gazga tezkorlik bilan qayta o‘t qo‘yildi.
Jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishning standart usuli bo‘lib, xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘liq javob beradi. Hozirda vaziyat barqaror va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan.
Bu konni tartibga solish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq odatiy holat bo‘lib, hech qanday favqulodda holatlar qayd etilmagan. Hodisa 2025-yil 3-noyabr kuni soat 01:29 da qayd etilgan zilzilaga aloqador emas, — deya xulosa qildi Energetika vazirligi.
Izohlar