Bolalar ombudsmani bola huquqlari buzilishining yuzdan ortiq holatini aniqladi
Ulardan faqat 16 tasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

2025-yil boshidan buyon Bolalar ombudsmani tomonidan bolalar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq 185 ta holat aniqlangan.
Tekshiruvlar natijasida 60 ta bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 16 ta jinoyat ishi va 22 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Ko‘rsatilgan davrda Ombudsman tomonidan 885 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ular 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 47 foizga oshgan. 20 ta murojaat (2,3%) voyaga yetmaganlar tomonidan Ombudsmanga yuborilgan.
Ma’lum qilinishicha, 5 nafar bola xorijdan O‘zbekistonga, bir nafar bola esa Rossiyaga qaytarilgan. Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolgan 16 nafar bola barcha zarur narsalar bilan ta’minlanib, O‘zbekistonga qaytarildi.
Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani voyaga yetmaganlarni tergov hibsxonasida saqlash sharoitlari bilan tanishgandi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil bir qator kamchiliklarni aniqlagan.
Izohlar