Hodisa

Bloger qizil kitobga kiritilgan echkiemarni og‘ziga nos solib o‘ldirdi — video

Hayvon butun dunyoda yo‘q bo‘lib ketish arafasida, ekofaollar mas’ul organlarni aybdorni jazolashga chaqirmoqda.

Bloger qizil kitobga kiritilgan echkiemarni og‘ziga nos solib o‘ldirdi — video

10-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda yigit qizil kitobga kiritilgan echkiemarni og‘ziga nosvoy sepib o‘ldirgani aks etgan video tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan. Yigit noyob qizil kitobli echkemarni tutib olib, og‘ziga nosvoy sepdi. Hayvonning nobud bo‘lish jarayonini fuqaro videoga olib, quvnoq musiqa ostida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan. Ekofaollar mas’ul organlarni aybdorni jazolashga chaqirdi.

Ma’lum qilinishicha, kulrang echkemar Markaziy Osiyo faunasidagi eng yirik kaltakesaklardan biri bo‘lib, echkemarlar oilasining yagona vakili hisoblanadi. Ushbu turning O‘zbekiston Qizil kitobiga, shuningdek, Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritilganligi uning butun dunyoda yo‘qolib ketish xavfi ostida ekanligini ko‘rsatadi.

Avvalroq bloger hayp uchun toshbaqaning og‘ziga nos tiqqani haqida xabar berilgandi. Surxondaryolik fuqaro Instagramda o‘zining «kulgili» qilmishi bilan maqtangan.

Izohlar

Mavzuga oid