Hodisa

“Badavlat ayol” ta’lim platformasi faoliyatida qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi

Shartnoma bekor qilinganidan keyin ham fuqarolardan pul yechib olingan, tashkilotchilar esa shikoyatlarni e’tiborsiz qoldirgan, vaziyatga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi aralashgan.

“Badavlat ayol” ta’lim platformasi faoliyatida qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi
Фото: Ситуативное

Raqobat qo‘mitasi fuqarolarning ko‘plab murojaatlaridan so‘ng “Badavlat ayol” ta’lim loyihasi faoliyatini o‘rganib chiqdi, deya xabar qildi idora axborot xizmati.

Loyiha taxminan uch yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va xotin-qizlarga oilaviy munosabatlar, psixologiya, shaxsiy rivojlanish va tadbirkorlikni o‘rgatishga qaratilgan mashg‘ulotlarning tashkilotchisi hisoblanadi. Ishtirokchilar Uzum Nasiya platformasi orqali darslar uchun to‘lovni bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin. Qo‘mitaga fuqarolardan loyiha yuzasidan 50 ga yaqin shikoyat kelib tushgan.

Aholi ta’lim sifatining pastligi va shartnomani bekor qilish bilan bog‘liq muammolar, shuningdek, darslarni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik yoki noprofessional o‘qituvchilarni jalb qilish kabi jiddiy muammolar haqida xabar berishdi. Tashkilotchilar e’tirozlarni e’tiborsiz qoldiradilar yoki ularga qo‘pol javob beradi, shuningdek, e’tirozlar bildirilgandan so‘ng ishtirokchilarni bloklaydi.

Uch oy davomida darslar o‘tkazilmasa ham, oylik to‘lovlar avtomatik ravishda kartalardan yechib olinadi. Reklamadagi va’daga qaramasdan, “bitta tugma” orqali shartnomani bekor qilish funksiyasi ishlamayapti. Tashkilotchilar esa ishtirokchilarga (jumladan, chekka hududlardan) buning uchun Toshkentga kelishni taklif qilmoqda.

Qo‘mita loyiha tashkilotchisi — Helpdesk kompaniyasi va moliyalashtiruvchi tuzilma sifatida Shaffof Moliya bilan birgalikda muammolarni hal qilish ustida ishlamoqda. Bundan tashqari, Uzum Nasiyaga loyiha bilan hamkorlik shartnomasini bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi yuborildi.

Ta’lim onlayn platformalarida ishtirok etish istagida bo‘lgan fuqarolarga shartnoma shartlarini puxta o‘rganib chiqish tavsiya etildi. Qo‘mita onlayn xizmatlar orqali identifikatsiyalashda xizmatlarning haqiqiyligi va ishonchliligini tekshirish, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar va bank kartasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ishonchli bo‘lmagan shaxslarga xabar qilmaslikka chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda litsenziyasiz xususiy klinika bolaga sifatsiz plombalar qo‘ygandi. Holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi aralashgan.

Izohlar

Mavzuga oid