Hodisa

BAAda o‘zbekistonliklar o‘ta yirik firibgarlikda ayblanib qo‘lga olindi

Interpol bilan hamkorlikda u O‘zbekistonga olib kelindi.

BAAda o‘ta yirik firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIV axborot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Interpol kanallari orqali Interpolning O‘zbekiston Milliy markaziy byurosi xodimlari Toshkent aeroportida o‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaroni qo‘lga olgan.

U Birlashgan Arab Amirliklaridan deportatsiya qilindi. U O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tashabbusi bilan o‘ta yirik firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, biroq gumonlanuvchi xorijga qochib ketgan va tergovdan bo‘yin tovlagan. Shu munosabat bilan u xalqaro qidiruvga berilgan.

Interpol kanallari orqali BAA huquq-tartibot idoralari bilan kelishilgan harakatlar natijasida qidiruvdagi shaxs Birlashgan Arab Amirliklari hududida qo‘lga olinib, keyingi tergov tadbirlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Avvalroq Interpol bosh kotibiyati byuroning O‘zbekistondagi faoliyatiga baho bergani xabar qilingandi. Tashkilot prezidenti mamlakatning Markaziy Osiyodagi rolini qayd etgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная