Ayrim toshkentliklar rejadagi ishlar tufayli chiroqsiz qoldi — manzillar
Kechga yaqin elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

3-oktyabr kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi bir nechta mahallada elektr ta’minoti uzildi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 18:00 ga qadar quyidagi manzillarda elektr ta’minoti o‘chirildi:
- “Xonobod”, “Izzatli”, “Keng makon”, “Sultonobod” va “Nomdanak” mahallalari.
Iste’molchilar saytlardagi ishlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkinligi haqida ogohlantirildi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so’raldi.
Avvalroq O‘zbekiston qishda energiya iste’moli bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Rasmiylar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni 5-oktyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda.
Izohlar