Aviasozlar bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi — video
Qutqaruvchilar olovni yarim soatda o‘chirgan.

30-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Kadishev bozori hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan mutasaddi idoralar izoh berdi.
Toshkent shahar Yashnobod tumani Aviasozlar ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida soat 12:41 da yong‘in sodir bo‘lgan. Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 12:47 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:58 da qurshab olingan va soat 13:07 da o‘chirilgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda BYD avtomobili yo‘ldan chiqib ketib, yonib ketgandi. Haydovchi katta tezlikda xavfli manyovrlar qilgan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Izohlar