Hodisa

Angrenda yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusiga borib urildi — video

Zarba kuchidan haydovchi transport oynasidan otilib chiqdi.

3-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toshkent viloyatining Angren shahrida sodir bo‘lgan. Kadrlarda yuk mashinasi Yutong avtobusining yon qismiga urilganini ko‘rish mumkin. Zarba kuchidan jamoat transporti haydovchisi derazadan otilib chiqdi. YTH ishtirokchilari va yo‘lovchilar salomatligi haqida ma’lumot berilmagan. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda tungi avtobuslarning dastlabki yo‘nalishlari ma’lum bo‘lgandi. Jamoat transporti maxsus belgi ostida harakatlanadi.

Avvalroq Toshkentda maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif etilgani ham ma’lum qilingandi. Bu loyihaning amalga oshirilishi yo‘llardagi avtomobillar sonini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin edi, biroq hozircha uni joriy etish murakkab bo‘lib qolmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная