Hodisa

Angrenda yuk mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashib, yonib ketdi

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borgan, jabrlanganlar yo‘q.

Ситуативное

4-oktyabr kuni Toshkent viloyatida Matiz va MAN yuk mashinasi to‘qnashdi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa soat 19:45 da Angren shahridagi A-373 avtomobil yo‘lining 88-kilometrida sodir bo‘lgan. Man yuk mashinasi Matiz bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 19:51 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 19:53 da qurshab olingan va soat 20:07 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 7-sentyabr kuni ham Toshkent viloyatining Angren shahrida mudhish avariya sodir bo‘lgandi. 1981-yilda tug‘ilgan, 15 yillik tajribaga ega Shacman markali sement tashuvchi haydovchi boshqaruvni yo‘qotdi. U temir yo‘l kesishmasida ikkita yuk mashinasi va beshta yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. YTH oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная