Angrenda neft tashuvchi avtomobil yirik YTHga uchradi — video
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar bor, mas’ul organlar hozircha rasmiy izoh bermagan.

7-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda neft tashuvchi ishtirokidagi YTH haqida ma’lumot tarqaldi. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Toshkent viloyatining Angren shahrida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, neft tashuvchi bir nechta yengil avtomobil ishtirokida yirik YTHga uchragan. Hodisa oqibatida portlash va yong‘in sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar bor. Mutasaddi idoralar hozircha hodisa yuzasidan izoh bermadi.
Avvalroq Andijonda gaz quyish shoxobchasida portlash va yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bunga yoqilg‘i quyish mashinasidan propanni to‘kishdagi texnologik nosozlik sabab bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 4 kishi halok bo‘lgandi. Yonilg‘i saqlash rezervuari portlagan, shundan so‘ng xonani yong‘in qamrab olgan. Ushbu voqeadan so‘ng Sirdaryo viloyatidagi 4 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish va gaz quyish shoxobchalari hodisa takrorlanish xavfi yuqoriligi sababli yopib qo‘yildi.
Izohlar