Angrenda maktab o‘quvchilari bitiruv kunini nishonlash uchun avtomobil o‘g‘irlashdi — video
O‘smirlar mashina yonida turgan “Jiguli”ni ham payqab, ochib ko‘rishgan, biroq u yerda pul yo‘qligi aniqlashgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

16-aprel kuni Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari bitiruv to‘lovini to‘lash uchun Damas avtomobili egasining pulini o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa Angren shahrining “Nurchi” mahallasida tunda sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar Damas avtomobilidan 11 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan. Keyinchalik o‘g‘irlikni 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar o‘smir sodir etgani ma’lum bo‘ldi, ular maktabni bitirish kechasiga sarflash uchun pul o‘g‘irlaganliklarini aytishdi.
O‘smirlar uning yonida turgan “Jiguli”ni ham ko‘rib, ochib ko‘rishgan, biroq u yerda pul bo‘lmagan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.
“Bu kabi holatlar har birimizni o‘ylantirishi kerak. Zero, bitiruv kechalari va boshqa tadbirlarga ortiqcha sarf-xarajatlar, “birovdan kam bo‘lmaslik”ka intilish, moddiy bosim — bularning barchasi ayrim maktab o‘quvchilarini jinoyatga undashi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘quv yilining yakuni bir kunga ko‘chirilgandi. MMTV maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qachon bo‘lishini ma’lum qilgan.
Izohlar