Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda maktab o‘quvchisi tungi klubga ishga kirgani haqida xabarlar tarqaldi. Shahar MMTB hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, suratlardan birida 10-maktabning 17-yoshli 10-sinf o‘quvchisi tasvirlangan. Joylangan suratlar 2024-yilning yozida olingan. O‘quvchi muntazam ravishda darslarni qoldirgan, shuning uchun u qayta o‘qishga qoldirildi. Joriy o‘quv yilida ham tez-tez dars qoldirishda davom etmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, u bilan bir necha bor xulq-atvor va intizom bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Hozirda u Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xorazmda tungi klubda voyaga yetmagan raqqosa topilgandi. Yettinchi sinf o‘quvchisi ijtimoiy yordam markaziga yuborilgan, klub rahbariga nisbatan esa bayonnoma rasmiylashtirilgan.