Andijonda yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolib, elektr ustuniga borib urildi
Erkak jarohatlar bilan shifoxonaga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi, tergov boshlandi.

3-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasi ishtirokidagi YTH haqida ma’lumot tarqaldi. Andijon viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa soat 22:15 larda Andijon shahar Oltinko‘l ko‘chasidagi Madaniyat mahallasida sodir bo‘lgan. 1963-yilda tug‘ilgan haydovchi Zil-130 rusumli yuk mashinasini boshqarib ketayotib uxlab qolgan va yo‘l o‘rtasidagi elektr simyog‘ochga borib urilgan.
YTH oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan. Baxtsiz hodisa yuzasidan tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda mashinalar ortilgan yuk mashinasi tunnelga tiqilib qolgandi. Haydovchi gabaritlarni noto‘g‘ri hisoblagan. Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.
Izohlar