Andijonda yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimlari hisoblagichga zarar yetkazib, gazni talon-toroj qildi
Huquqbuzarlarning harakatlari oqibatida davlatga 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Andijon viloyatida gaz quyish shoxobchalari 2,5 milliard so‘mlik gazni talon-toroj qildi, deya xabar berdi “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Paxtaobod tumanida sodir bo‘lgan. Tartib posbonlari reyd davomida mahalliy korxonaga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasi ishchilari hisoblagichga shikast yetkazgani, bu esa gazdan noqonuniy foydalanish imkonini berganini aniqladi.
Natijada huquqbuzarlar tomonidan davlatga 2 mlrd 541 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tergovga qadar tekshiruvni boshladilar.
Avvalroq O‘zbekistonda milliardlab so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida xabar berilgandi. Huquqbuzarlarga nisbatan 126 ta ish qo‘zg‘atilgan.
Izohlar