Andijonda yo‘lda drift qilgan haydovchiga katta jarima solindi
Erkak yo‘l harakati qoidalarini boshqa buzmaslikka va’da berdi.

Andijonda Gentra haydovchisi jarimaga tortildi Andijon viloyatida huquq-tartibot idoralari yo‘lda drift qilib, boshqa haydovchilar xavfsizligiga tahdid solgan Gentra haydovchisini jarimaga tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 6-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Erkak yo‘lda drift uyushtirib, avariya holatlarini keltirib chiqargan va shu tariqa boshqa haydovchilar xavfsizligiga tahdid solgan. Natijada tartib posbonlari huquqbuzarga nisbatan 128-10-moddasi (Yo‘l bezoriligi) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Erkak o‘z aybini tan oldi va endi yo‘l harakati qoidalarini buzmaslikka va’da berdi. Sud uni aybdor deb topib, bir yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qildi, shuningdek, 25 BHM (taxminan 10,3 million so‘m) miqdorida jarima to‘lashga majbur qildi.
Avvalroq Samarqandda “VAZ” haydovchisi yo‘l o‘rtasida drift qilishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Huquqbuzarning mashinasi evakuatsiya qilingan, uning o‘ziga nisbatan esa ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Izohlar