Hodisa

Andijonda yigit organ xodimlaridan yashirinishga urinib, ikkita avtomobilni urib ketdi

Hozirda jinoyatchi tergovning tugashini kutib, izolyatorda saqlanmoqda.

Andijonda yigit organ xodimlaridan yashirinishga urinib, ikkita avtomobilni urib ketdi

26-may kuni Andijon viloyatida YPX xodimlaridan yashirinishga uringan yigit ikkita avtomobilni urib yubordi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Andijon tumani Yangi Asaka ko‘chasining qatnov qismida xizmat olib borayotgan YPX inspektori hujjatlarni tekshirish maqsadida Nexia-2 avtomobiliga to‘xtash ishorasini bergan. 20 yoshli haydovchi inspektorning qonuniy talabiga bo‘ysunmay, Asaka tumani tomon harakatlangan.

YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi takroriy talablariga qaramay, haydovchi harakatni davom ettirgan. “Ko‘rkam” mahallasi hududida ichki ko‘chadan katta yo‘lga chiqib, Labo va Captiva avtomobillari bilan to‘qnashgan. Shundan so‘ng u yana qochishga urinib ko‘rdi.

YPX xodimlari ta’qibni davom ettirib, qoidabuzarni Asaka tumani “Humo” mahallasida qo‘lga olgan. Transport vositasi ikki nafar xolis ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, salonda pichoq borligi aniqlangan. Haydovchi, shuningdek, tegishli hujjatlarsiz avtomobilni boshqargan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, faqat avtomobillar shikastlangan. Hozirda Asaka tumani IIO FMB xodimlari haydovchini vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirgan. Tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid