Hodisa

Andijonda yengil avtomobil xorijiy avtomobillar ortilgan avtovozga borib urildi

Hodisaga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmayapti, surishtiruv ishlari boshlangan.

19-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda yengil avtomobil va xorijiy avtomobillarni olib ketayotgan yuk mashinasi ishtirokidagi YTH videosi tarqaldi. Andijon viloyati YHXB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 2025 yil 28 iyul kuni A373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining 241-kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent-Andijon yo‘nalishida Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.

Avvalroq O‘zbekistonda yo‘llarda YTHlar soni 41 foizga kamaygani haqida xabar berilgan edi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari ta’kidlashicha, yo‘l inspektorlarining ishi yetarli emas, chunki bu masalada yo‘l infratuzilmasining o‘zi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 707 mingta qoidabuzarlik holati qayd etilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная