Hodisa

Andijonda turar joy binosi yonib ketdi — video

Jabrlanganlar yo‘q.

29-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi yong‘in videosi tarqaldi. Viloyat FVB hodisa yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 15:30 da Andijon shahrining «Chem» mahallasida sodir bo‘lgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga turar joy binosida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv texnikalari soat 15:37 da yetib borib, yong‘in soat 15:54 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida turar joyning tom qismi va uy jihozlari yongan. Hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda yo‘lovchi avtobusi to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanayotganda tutun chiqargandi. Haydovchi o‘z vaqtida o‘t o‘chirgichdan foydalangan va yong‘inning oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda barcha nosozliklar bartaraf etilib, avtobus belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yana soz holatda harakatlanmoqda.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная