Andijonda tuman hokimi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi
Amaldor fuqaroga yer uchastkasini noqonuniy ravishda rasmiylashtirib berishni taklif qilgan.

Andijon viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari yer ajratish evaziga pul talab qilgan tuman hokimi o‘rinbosarini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Vazirlik qo‘lga olingan shaxs aynan qaysi tuman hokimining o‘rinbosari ekani haqida ma’lumot bermagan. Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxs hujjatlarni mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirishni taklif qilgan va 400 metr uzunlikdagi suv kanali yopiq tizimga o‘tkazilgandan so‘ng 60 sotix maydon hosil bo‘lgan katta yo‘l bo‘yida yer ajratishni va’da qilgan.
Bu yerda 8 ta savdo paviloni qurilishi rejalashtirilgan. Xizmatlari uchun u 15 ming dollar talab qilgan. Mansabdor shaxs pul olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Unga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Erkak hibsga olindi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda davlat advokati katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushgandi. Erkak mahbusga sudda ishning “ijobiy” hal qilinishini va’da qilgan.
Izohlar