Hodisa

Andijonda tuman hokimi havo ifloslanishi sababli tandirlarni buzishga buyruq berdi — video

Mansabdor shaxs beparvolik uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.

4-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda havo ifloslanishiga qarshi kurashish uchun tandirlar buzib tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati Shahrixon tumani hokimi ishchi guruhga havo ifloslanishiga qarshi kurashish uchun umumiy ovqatlanish joylaridagi tandirlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma berishga qaror qilgan. Viloyat hokimligi mas’ul xodim mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun intizomiy jazo olganini ma’lum qildi. Bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun profilaktik suhbat ham o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida saraton kasalligi ko‘p uchrashining sabablaridan biri tandirda non yopish odatining yo‘qolgani ekanini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar yo‘qotgan muhim omillardan biri bo‘lgan, chunki hozir aksariyat uylarda tandir yo‘q va non yopilmaydi, ayollar esa hozirda “erlarini achchiq non yeyishga o‘rgatishgan”.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная