14-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda qiz o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB hodisa yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea ertalab soat 8:00 larda Andijon shahridagi Ishchilar mahallasida, Navoiy shohko‘chasini kesib o‘tuvchi ko‘prikda sodir bo‘lgan. 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro “ruhiy-emotsional holatining o‘zgarishi” oqibatida ko‘prikka chiqib, o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi yetib borib, boshqa tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda hodisaning oldi olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan shaxsni qutqarib qolgandi. Mast odam ko‘prikdan pastga sakramoqchi bo‘lgan.























