Andijonda Porsche Taycan haydovchisi YHQni qo‘pol ravishda buzib, ko‘chalarda “aylanishga” qaror qildi — video
Erkak katta tezlikda harakatlanib, bir nechta avariya holatlarini keltirib chiqargan, uning avtomobili jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

16-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi tezlikni oshirib, yo‘lda manyovr qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyati IIB holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 10-iyun kuni Andijonning Bog‘ishamol tumanida sodir bo‘lgan. Porsche Taycan avtomobili yo‘lovchisi haydovchining qo‘pol qoidabuzarliklarini videoga oldi. Erkak tezlikni keskin oshirib, bir nechta avariya holatlarini keltirib chiqargan va yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, boshqa haydovchilar va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygan.
“10-kuni Bog‘ishamol yo‘liga chiqdim, qiziqib “bosdim”. Sherigim buni videoga olib, Instagramdagi sahifasiga joyladi. Men buni bilmasdim. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi”, — dedi haydovchi.
Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga jo‘natilgan.
Mavzuga doir: 12 marta qizil chiroqdan o‘tgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish: YHXX haydovchilarni YHQni buzmaslikka chaqirdi Eng ko‘p ball tezlikni oshirganlik uchun beriladi.
Izohlar