Hodisa

Andijonda Nexia haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, Captiva`ni urib yubordi

Huquq-tartibot idoralari avariya fakti bo‘yicha tergov boshladi.

18-oktyabr kuni Andijon viloyatida Captiva va Nexia-2 avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar berdi viloyat YHXB matbuot xizmati.

Hodisa soat 22:45 atrofida Xo‘jaobod tumani Mustaqillikning 27 yilligi mahallasida, A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining 455 km.da sodir bo‘lgan. Nexia-2 haydovchisi tartibga solingan chorrahadan chapga burilish vaqtida yo‘l bermagan va qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Captiva bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositalariga texnik shikast yetgan. Holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Matiz va Dongfeng avtomobillari ishtirokida yirik YTH sodir bo‘lgandi. Zarba kuchidan daraxt qulab tushgan, haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная