Hodisa

Andijonda nafas olish xavfli bo‘lib qoldi

O‘zgidromet ko‘chada uzoq yurmaslik va niqob taqishni tavsiya etdi.

11-noyabr kuni Andijon viloyatida avtomatik monitoring stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, havo sifati keskin yomonlashgan, deb xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.

Soat 10:00 da Andijon atmosferasida PM10 mayda zarrachalarining konsentratsiyasi 502 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan soatlik me’yordan 1,0 baravar yuqori. PM2,5 mayda dispers zarrachalarining konsentratsiyasi 314 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan soatlik me’yordan 8,9 baravar yuqori.

Andijon aholisi va mehmonlariga ko‘chaga chiqayotganda ehtiyot choralarini ko‘rish va niqob taqish tavsiya etiladi, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni ertalabdan Toshkentda ham havo sifati juda zararli ko‘rsatkichlargacha pasaygandi. PM2.5 mayda dispers zarrachalarining tarkibi JSST tavsiya etgan qiymatdan 26 baravar oshdi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная