15-yanvar kuni Andijonda Lacetti haydovchisi tez yordam mashinasi va yana bir avtomobil bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa soat taxminan 13:30 larda Andijon shahrining Otabekov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-3 haydovchisi tartibga solingan Shaytepa chorrahasiga yaqinlashganda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobiliga yo‘l bermay, keskin burilgan. Oqibatda Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, burilishni amalga oshirayotgan tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositalariga texnik shikast yetgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Mercedes-Benz tez yordam mashinasiga borib urilgandi. YTH oqibatida ikki nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.






















