Andijonda jihodchilar hujrasi aniqlandi — video
Erkaklar Suriyadagi hamfikr jangarilarga ham pul jo‘natishgan.

Andijon viloyatida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimining yashirin bo‘linmasi faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro 12 kishidan iborat jamoa tuzgan. Ular choyxonalarda uchrashib, Suriyadagi “Tavhid va jihod kotibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilish rejalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, ular “baytulmol” shaklida pul yig‘ib, o‘zlarining hamfikr jangarilariga berganlar.
Jamoa a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuvlar davomida turli diniy-ekstremistik ruhdagi adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olingan. Mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilgandi. AQSH prezidentining aytishicha, bu qaror “barqarorlik va tinchlik yo‘lidagi” qadamdir. AQSH prezidentining aytishicha, bu qaror “barqarorlik va tinchlik yo‘lidagi” qadamdir. Trampning aytishicha, “terrorchilik tashkilotlariga boshpana bermayotgan, o‘zining diniy va etnik ozchiliklari xavfsizligini ta’minlayotgan” Suriya mintaqaviy xavfsizlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Izohlar