Hodisa

Andijonda ikki qavatli uy yonib ketdi — video

O‘chirish uchun qutqaruvchilar deyarli bir soat vaqt sarflashdi.

Andijonda 2-dekabr kuni tunda turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.

Soat 22:33 da Andijon tumani “Qurama” MFYdagi ikki qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida “112” xizmatiga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:44 da yetib borgan. Yong‘in besh daqiqadan so‘ng — 22:49 da o‘rab olinib, soat 23:30 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida uyning orayopmalari, tom qismi va mol-mulkining bir qismi yonib zararlangan. Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Shimoliy vokzal yerosti tunnelida avtomobil yonib ketgandi. Jabrlanganlar yo‘q.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная