Hodisa

Andijonda ichida yuk bo‘lgan yuk mashinasi tirkamasi butunlay yonib ketdi

Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Andijonda ichida yuk bo‘lgan yuk mashinasi tirkamasi butunlay yonib ketdi

4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida yuk ortilgan yuk mashinasi yonib ketgani haqida maʼlumot tarqaldi. Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi .

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in ertalab soat 07:30 da Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani, Yangi Farg‘ona mahallasi Do‘stlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Weilton PC2K yuk mashinasining orqa tirkamasidagi qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘lgan.

Natijada hech kim jabrlanmagan, biroq yuk mashinasi tirkamasiga ortilgan yuk butunlay yonib ketgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi haydovchisi dahshatli YTHga uchradi . Avtomobilning tormozi ishlamay qolgan va erkak qo‘lidan jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Mavzuga oid