Andijonda guvohnomasisiz mast haydovchi bir vaqtning o‘zida ikkita avtomobilni urib yubordi
Yigit katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Andijon viloyatida 25-sentyabr kuni 3 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.
Hodisa soat 23:20 atrofida Baliqchi tumanidagi tartibga solinadigan chorrahada sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan mast haydovchi haydovchilik guvohnomasisiz Nexia-2 boshqaruviga o‘tirgan. Chinobod—Baliqchi yo‘nalishida harakatlanayotgan yigit oraliq masofani saqlamasdan svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan Cobalt va Nexia-3 avtomobillarining orqa qismiga borib urilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositalariga texnik shikast yetgan. Ish bo‘yicha tergov boshlandi. Aybdor katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada Lacetti haydovchisi tez yordam mashinasiga borib urilgandi. Tez yordam yo‘lovchisi jarohat oldi.
Izohlar