Andijonda erkak piyodalar o‘tish joyida maktab o‘quvchisini urib yubordi — video
Qiz jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

26-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar o‘tish joyida kichkina qizchani urib ketishgani aks etgan video tarqaldi. Andijon viloyati YHXB holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa soat 15:35 larda Andijon shahrining “Bog‘ishamol” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining 342 km qismida sodir bo‘lgan. 1993-yilda tug‘ilgan Nexia-2 haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar yo‘lidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2015-yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida maktab o‘quvchisi tan jarohati olgan. Jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tergov boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda noma’lum erkak maktab o‘quvchisiga hujum qilgandi. Jinoyatchi qizni ta’qib qilgan, shundan so‘ng uni orqasidan ushlab, og‘zini yopib, yerga yiqitgan.
Izohlar