Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
To‘qnashuvdan keyin haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi Damas`ga borib urilgan.

12-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yengil avtomobil va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, YTH soat 15:10 da Andijon shahridagi “Klinika” chorrahasida sodir bo‘lgan. 1985-yilda tug‘ilgan Equinox rusumli avtomashina haydovchisi Mustaqillik ko‘chasidan ketayotib, tez yordam mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas rusumli avtomashinaga borib urilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolar jabrlanmagan, biroq avtomashinalarga texnik shikast yetgan. Voqea yuzasidan tergov Andijon IIB mas’ul xodimlari tomonidan olib borilmoqda.
Eslatib o’tamiz , Qo’qonda ko’chatlar bilan to’ldirilgan tez yordam mashinasi ko’zga tashlandi . Bemorlar o‘rniga daraxt tashigan haydovchi ishdan bo‘shatildi, bosh shifokorga esa tanbeh berildi.
Izohlar