Hodisa

Andijon viloyatida kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar partiyasi fosh etildi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki kishi gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan.

Andijon viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Qirg‘izistondan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislar Changan SL03 avtomobilini ko‘zdan kechirgan. Mashina salonida 5 071 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” dori vositasi borligi aniqlangan. Aniqlangan dori vositalari protsessual tartibda olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud bunday moddalar yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Mavzuga oid

Главная