Hodisa

Andijon viloyatida hokim o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Tuman hokimi o‘rinbosari tadbirkorga 15 ming dollar evaziga yer va’da qilgan.

Andijon viloyatida Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, amaldor tadbirkorga yo‘l yoqasidagi 400 metr uzunlikdagi drenaj kanalini yopib, hosil bo‘lgan 60 sotix yer maydoniga sakkizta do‘kon qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U o‘z yordami uchun 15 ming dollar so‘radi. Avval unga 200 dollar avans berishdi, keyin u qolgan summani olish uchun keldi.

Huquq-tartibot idoralari hokim o‘rinbosarini 14,8 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga oldi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a,v” bandlari va 211-moddasi (pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hokim o‘rinbosari qamoqqa olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston davlat organlari korrupsiyaga nisbatan murosasizlikka o‘rgatiladi. Prezident davlat ulushi 50 foiz bo‘lgan idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlarini kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная