Andijon viloyatida avtomobil haydovchisi piyodalar o‘tish joyida ikki o‘smirni urib yubordi
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tergovga qadar tekshiruv olib borishmoqda.

Andijon viloyatida Nexia piyodalar o‘tish joyida ikki bolani urib yubordi, deb xabar bermoqda YHXB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 12-oktyabr kuni Andijon tumani Qurama mahallasi yaqinida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida voyaga yetmaganlardan biri oyog‘ining yopiq sinishi bilan tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga yotqizilgan.
Ikkinchi bola jabrlanmagan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda akasining mashinasida ketayotgan o‘smir YTHga uchragani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida uning mashinada bo‘lgan do‘sti salondan uchib chiqib, vafot etgan.
Izohlar