Hodisa

Aksilkorrupsiya davlat xaridlarida deyarli ikki milliardlik xatolarni topdi

Hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Фото: Ситуативное

O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 3 ta davlat xaridida 1,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi holatda mutaxassislar Urganch dzyudo sport maktabi buyurtmasi bo‘yicha umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik davlat xaridida qoidabuzarliklarni aniqlagan. Navbatdagi holatda esa Xorazm viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasiga asosan jami 298 mln so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Shuningdek, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining umumiy qiymati 32,5 mln so‘mlik buyurtmasi bo‘yicha baholashni o‘tkazishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi va ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklashga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Natijada agentlik xodimlari tomonidan to‘plangan materiallar asosida xarid komissiyalarining g‘olibni aniqlash to‘g‘risidagi bayonnomalari bekor qilinib, ko‘rsatilgan davlat xaridlarining noqonuniy o‘tkazilishining oldi olindi. O‘rganish va tahlillar davomida to‘plangan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Avvalroq Uzbekistan Airports davlat xaridlarida qoidabuzarliklarni aniqlagani haqida xabar berilgandi. Ushbu ish bo‘yicha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная