Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Yer silkinishi Surxondaryo viloyatida eng kuchli sezildi, bu yerda kuch besh ballni tashkil etdi.

3-noyabr kuni soat 01:29 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila episentri Afg‘onistonda bo‘lib, uning kuchi 7 ballni tashkil etgan. Zilzila episentri Toshkentdan 557 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida zilzila quyidagi darajada sezildi:
- Toshkent: 2-3 ball, 557 km.
- Surxondaryo viloyati: 5 ball, 90 km;
- Qashqadaryo viloyati: 3-4 ball, 302 km;
- Samarqand viloyati: 3 ball, 358 km;
- Jizzax viloyati: 3 ball, 410 km;
- Navoiy viloyati: 3 ball, 444 km;
- Buxoro viloyati: 3 ball, 451 km;
- Sirdaryo viloyati: 3 ball, 464 km;
- Farg‘ona viloyati: 2-3 ball, 579 km.
Avvalroq O‘zbekiston sun’iy intellekt yordamida zilzilalarni prognoz qilishi haqida xabar berilgandi. Rasmiylar yangi texnologiyalarni Toshkent misolida sinab ko‘rishadi.
Izohlar