Adliya vazirligi “Ovoz” shousiga mualliflik huquqini buzgani uchun ogohlantirish berdi
Tekshiruv yakunlangunga qadar muammo bartaraf etildi, shuning uchun idora rasmiy izoh bilan cheklandi.

Adliya vazirligi YouTube`dagi The Voice of Uzbekistan kanalida mualliflik huquqi buzilgani uchun “Ovoz” shousiga ogohlantirish berdi, deb xabar bermoqda vazirlik axborot xizmati.
Sherali Jo‘rayevning “Qora ko‘zli sanamjon” qo‘shig‘idan huquq egasining ruxsatisiz foydalangani uchun “Ovoz” loyihasi tashkilotchilariga ogohlantirish berildi. Kompozitsiya muallif yoki uning vakillarining roziligisiz The Voice of Uzbekistan YouTube kanaliga joylashtirilgan.
Qoidabuzarlik tekshiruv yakunlangunga qadar bartaraf etildi, shuning uchun idora rasmiy ogohlantirish bilan cheklandi. Vazirlikning eslatishicha, mualliflik huquqini buzganlik uchun BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha (8 mln so‘mdan 412 mln so‘mgacha) miqdorda kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilgan.
Mavzuga doir: “Ovoz” ko‘rsatuvi uchun uyni sotib, ikki milliardini qaytarishga tayyorman — Ozodbek Nazarbekov. Madaniyat vazirining so‘zlariga ko‘ra, shou mamlakatning dunyodagi imijini ko‘tarishga qodir.
Izohlar